insurez
06-05-2025 16:43

MEHNAT YARMARKASI O'TKAZILDI


Bugun, Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo‘limi tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahar kasbiy ko'nikmalar markazida, muddatli harbiy xizmatdan qaytganlar va ularning ishsiz oila a`zolari, mehnat migratsiyasidan qaytgan, xotin-qizlar, yoshlar va boshqa toifadagi ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish, bandligini taminlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Yarmarka davomida taklif etilgan ishsiz fuqarolardan 22 nafari o‘zlariga maqbul bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlariga va kasb-hunarga o‘qishga yo’naltirildi hamda ularga mehnat qonunchligi doirasida keng qamrovli tushuntirish va maslahatlar berildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -