Mehnat yarmarkasi oʻtkazildi
Shahar hokimligi, shahar Prokuraturasi, harbiy qism, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo‘limi hamda Pedagogika texnikumi hamkorligida ishsiz, yani, oliy talim, texnikum bitiruvchilari, harbiy xizmatchilarning oilalari va ijtimoiy himoyaga muhtoj, migratsiyadan qaytgan fuqarolarni ishga joylashtirish hamda bandligini ta`minlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Ushbu tadbir davomida taklif qilingan fuqarolar o‘zlariga maqbul bo‘lgan ish o‘rinlariga va kasb-hunarga o‘qishga yo’naltirildi hamda mehnat qonunchligi doirasida keng qamrovli tushuntirish va maslahatlar berildi.
Shuningdek, yarmarkada Samarqand viloyat Pedagogika texnikumining 2024-2025-o‘quv yili bitiruvchilarini shaharda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirildi.
Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati.