Mehnat yarmarkasi o’tkazildi
Bugun, shahar Adliya bo’limi va shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi hamkorligida otaliqqa olingan ishsiz yoshlar va xotin qizlarni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha, Kattaqo’rg’on shahar “ISHGA MARHAMAT” Monomarkazida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Ushbu tadbirda 20 ta korhona-tashkilotlar 143 ta mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. O‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasiga 55 nafar fuqarolar jalb qilinib, yarmarkada ishtirok etgan ishsiz fuqarolarning 7 nafariga o’zlariga maqbul bo’lgan kasblar bo‘yicha ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berilib, ishga joylashtirildi.
Shuningdek, 11 nafar ishsiz va ish qidirayotgan fuqarolarga o‘zlarini qiziqtirgan kasb-hunar bo’yicha Kattaqo‘rg‘on shahar “ISHGA MARHAMAT” Monomarkaziga jalb qilindi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.