Mehnat shartnomasini qanday o‘zgartirish mumkin ?
Mehnat shartnomasida ko‘zda tutilgan shartlarni o‘zgartirish uchun umumiy qoidaga ko‘ra xodim va ish beruvchining o‘zaro roziligi talab qilinadi. Ammo mehnat shartnomasi tomonlaridan birining iltimosi bo‘yicha bunday o‘zgartirishga ruxsat berilganda istisnolar mavjud.
Mehnat kodeksi ish beruvchining mehnat shartlarini xodimning roziligisiz o‘zgartirish huquqiga ega bo‘lgan va aksincha – xodim ish beruvchi qondirishi shart bo‘lgan mehnat shartlarini o‘zgartirish to‘g‘risida talab qo‘yishga haqli bo‘lgan holatlarni belgilaydi. Variantlarning har birida harakatlar va hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi – turlicha.
Buning uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:
1. Unga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida mehnat shartnomasiga qo‘shimcha kelishuv (keyingi o‘rinlarda – qo‘shimcha kelishuv) MK 149-m. 2-q.;
2. Ish beruvchining qo‘shimcha kelishuv asosida rasmiylashtirilgan mehnat shartlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi buyrug‘i MK 149-m. 2-q.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda mehnat shartnomasining o‘zgarishi
Xodimning mehnat shartnomasida 8 soatlik ish kuni bilan 40 soatlik ish haftasi ko‘rsatilgan. Navbatdagi tibbiy ko‘rikdan so‘ng unga ushbu ishni bajarishga qarshi ko‘rsatma bilan II guruh nogironligi belgilandi.
Bunday shaxslar MKning 427-moddasiga muvofiq haftasiga 36 soatdan ortiq ishlay olmaydilar. Ularning mehnatiga ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida haq to‘lash tegishli kasb va lavozimlardagi xodimlarga to‘liq ish vaqti davomiyligidagi miqdorda amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan xodim ish beruvchidan mehnatga haq to‘lashni kamaytirmagan holda qisqartirilgan ish vaqti, shuningdek uzaytirilgan ta'til belgilashni talab qilishga haqli MK 431-m.. Ish beruvchi esa ushbu o‘zgarishlarni mehnat shartnomasiga kiritishi shart, chunki unda xodimning ish vaqti rejimi ko‘rsatilgan bo‘ladi.
E'tibor bering, ushbu misolda mehnat shartnomasida shartlashilgan mehnat shartlari doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Tegishincha, o‘zgarishlar mehnat shartnomasida aks ettirilishi kerak. Agar hatto mehnat shartnomasida shartlashilgan bandlarning o‘zgarishi vaqtinchalik tusga ega bo‘lsa, mehnat shartnomasiga o‘zgartirishlar kiritish shart emas. Ish beruvchi tegishli buyruq chiqarishi va xodimni u bilan imzo ostida tanishtirishi kifoya. Masalan, MKning 398-moddasi ishlangan vaqtga mutanosib ravishda mehnatga haq to‘lash bilan quyidagilarga to‘liqsiz ish vaqtida ishlash huquqini beradi:
Misollar
2. Tashkilotning jamoa shartnomasida ishlovchi erkakka uning xohishiga ko‘ra xotinining homiladorlik va tug‘ish ta'tillari davrida to‘liqsiz ish vaqti belgilanishi nazarda tutilgan. Tegishincha, bunday talab bilan murojaat qilgan xodim tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etganda ish beruvchi unga xotinining homiladorlik va tug‘ish ta'tillari davrida to‘liqsiz ish haftasi yoki to‘liqsiz ish kunini belgilashi shart.
1. Xodimdan mehnat shartining o‘zgarishi to‘g‘risida sabablarni ko‘rsatgan holda ariza oling.
Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda – u bilan o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida mehnat shartnomasiga qo‘shimcha kelishuv tuzing MK 149-m. 2-q..
Agar avvalgi mehnat shartlari saqlab qolinishi mumkin bo‘lmasa, ish beruvchi xodimning roziligisiz mehnat shartlarini o‘zgartirishga haqli. Bu texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmlarining qisqarganligi bilan shartlashilgan bo‘lishi kerak.
1. Mehnat shartlarining kelgusidagi o‘zgarishi haqida xodimni kamida ikki oy oldin yozma shaklda, imzo qo‘ydirib ogohlantiring MK 137-m. 2-q.. Ko‘rsatilgan muddatni qisqartirishga faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
1 noyabr kuni xodim ish vaqti rejimi 2 oydan keyin o‘zgarishi haqida yozma ravishda ogohlantirildi.
2. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan dastlabki maslahatlashuvlar o‘tkazish, shuningdek mahalliy mehnat organiga va kasaba uyushmalari uyushmasiga, agar ular quyidagilarga ham taalluqli bo‘lsa, o‘zgarishlarning sabablari to‘g‘risida ma'lumot bering:
T.Abdullayev,
Kattaqo`rg`on shahar Yuridik xizmat
ko`rsatish markazi bosh yuristkunsulti