insurez
26-04-2025 14:00

Mehnat qonunchiligida yosh bolali ayollarga qanday kafolatlar berilgan.


Mehnat qonunchiligida homilador ayollar va yosh bolali ayollarga bir qator qoʻshimcha kafolat va imtiyozlar taqdim qilingan. Mana shu kafolat va imtiyozlarni koʻrib chiqamiz.

2 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar uchun kafolat va imtiyozlar:

2 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolani parvarish qilayotgan ayollarga ularning xohishiga koʻra, har yili 14 kalendar kundan kam boʻlmagan muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda muqarrar tartibda taʼtil beriladi (MK 150-moddasi).

2 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar avvalgi ishini bajarishi mumkin boʻlmagan taqdirda, bolasi ikki yoshga toʻlgunga qadar avvalgi ishidagi oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining taʼsiridan xoli boʻlgan ishga oʻtkaziladi (MK 227-moddasi). 2 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollarga, dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan tanaffusdan tashqari, bolani ovqatlantirish uchun qoʻshimcha tanaffuslar ham beriladi. Bu tanaffuslar kamida har 3 soatda bir marta har biri 30 minutdan kam boʻlmagan muddat bilan beriladi. 2 yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolasi boʻlgan taqdirda, tanaffusning muddati kamida bir soat qilib belgilanadi (MK 236-moddasi).

3 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar uchun kafolat va imtiyozlar:

Homilador ayollar, 3 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi (MK 84-moddasi).3 yoshga toʻlmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan taʼminlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga ish vaqtining haftasiga 35 soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi (MK 228-1-modda).Ayolga, uning xohishiga koʻra, bolasi 3 yoshga toʻlgunga qadar bolani parvarishlash uchun ish haqi saqlanmaydigan qoʻshimcha taʼtil ham beriladi (MK 234-modda).Homilador ayollar va 3 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, korxonaning butunlay tugatilish hollari bundan mustasno, bunday hollarda mehnat shartnomasi ularni albatta ishga joylashtirish sharti bilan bekor qilinadi (MK 237-modda).

 

F.N.Norbekov,

Kattaqorgon shahar adliya bolimi

Yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuristkonsulti                    

Teglar
- -