insurez
26-04-2024 18:03

MEHNAT MIGRANTLARI BILAN ISHLASH BO’YICHA SEMINAR O’TKAZILDI


Shahar Drama teatrida sektor rahbarlari va “mahalla yettiligi” ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasidan shaharga biriktirilgan vakil N.Rajabov ishtirok etdi. “Tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash” va bu borada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama etildi.

Tashqi migratsiyada bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularni muammolarini o‘rganish, migratsiyadan qaytgan oilalar bilan ishlash bo‘yicha shahar shtabi tashkil qilingan. Seminar davomida shahar prokurori I.Nuriddinov tomonidan shtabning asosiy  vazifalari, ishchi guruh, “Mahalla yettiligi” vakillari bilan mas’ul tashkilotlar hamkorligini yo‘lga qo‘yish va bu orqali tashqi migratsiyadagi fuqarolar hamda ularning oila a’zolari bilan ishlash bo‘yicha tushunchalar berildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -