Maxsus-taktik o'quv mashg'uloti o'tkazildi
Yangi yil bayrami hamda "Yong'in havfsizligi oyligi" tadbirlarini xavfsiz o‘tkazish maqsadida, ma'sul tashkilot rahbarlari boshchiligida shahrimizdagi bayram tadbirlari o‘tkaziladigan hududlarda kunu-tun profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Xususan, bugun Kattaqo'rg'on shahar hokimi Gavhar Alimova hamda shahar FVB va IIB rahbarlari tomonidan shahar FVDqT tarkibiga kiruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda saf ko'rigi o’tkazildi. Shuningdek, Kattaqo'rg'on shahar hokimligi oldida o‘rnatilgan Yangi yil archasi hududida maxsus-taktik o'quv mashg'uloti o'tkazilib, yangi yil archasining texnik mustahkamligi, yong’in xavfsizligi va elektr ta’minoti o’rganib chiqildi hamda kerakli tavsiyalar berildi.




