insurez
20-12-2024 14:47

Maxsus-taktik o'quv mashg'uloti o'tkazildi


Yangi yil bayram tadbirlarini xavfsiz o‘tkazish maqsadida, Samarqand viloyati FVB rahbariyati boshchiligida bayram tadbirlari o‘tkaziladigan hududlarda kunu-tun profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, Viloyat FVB boshlig’i o’rinbosari podpolkovnik U.Axrorov tomonidan Kattaqo'rg'on shahrida shahar FVDqT tarkibiga kiruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda saf ko'rigi hamda Kattaqo'rg'on shahrida o‘rnatilgan Yangi yil archasi hududida maxsus-taktik o'quv mashg'uloti o'tkazilib, yangi yil archasining texnik mustahkamligi, yong’in xavfsizligi va elektr ta’minoti o’rganib chiqildi hamda kerakli tavsiya berildi.

 

Teglar
- -