MAS’ULLARGA VAZIFALAR BELGILANDI
Bugun viloyat hokimligining videoselektor tarzidagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda shahar hokimi Gavhar Alimova, hokim o‘rinbosarlari, shahar mahalla yettiligi a’zolari hamda tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari shahar hokimligidan ishtirok etdilar.
Shahar hokimi yig‘ilish kun tartibida ko‘rilgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, drayver loyihalarni amalga oshirilishi, zovurlarni yopiq tizimga o‘tkazish, aholiga toza ichimlik suvi yetkazib berilishi hamda “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari” hamda “maktab bozori” savdo yarmarkalarini tashkil etilishi yuzasidan shahar mas’ul rahbarlarining axborotini tingladi.
Shuningdek, shahar mahallalari va tashkilotlarda obodonlashtirish ishlari ahvoli muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.