Mas'ullarga vazifalar belgilandi
Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar Soliq inspeksiyasi binosida shahar mahallalar yettiligi bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda shahar hokimi G.Alimova, shahar IIB boshlig‘i G‘.Islomov, Soliq inspeksiyasi boshlig‘i F.G‘aniyev, hokim o‘rinbosarlari va tegishli masʼul rahbarlar ishtirok etishdi.
Mazkur yig‘ilishda Prezidentimizning "2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 1-sonli qarorining ijrosi, shahar mahallalarini jinoyatdan holi hududga aylantirish hamda joylardagi aholi xonadonlari va korxonalarda quyosh panellari o'rnatilishi, yashil energiyadan unumli foydalanishni tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, ko‘rilgan masalalarni begilangan muddatda ijrosini taʼminlash bo‘yicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.