MAS’ULLARGA TOPSHIRIQLAR BERILDI
Bugun viloyat hokimligining videoselektor tarzidagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda shahar hokimi Gavhar Alimova, hokim o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari shahar hokimligidan ishtirok etdilar.
Shahar hokimi yig‘ilish kun tartibida ko‘rilgan elektr ta’minotini uzluksiz yetkazib berish, suv resurslaridan samarali foydalanish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, “drayver loyihalar”ning ijrosi, asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxirasini yaratish, nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlash va boshqa masalalar yuzasidan shahar mas’ullarning axborotini tingladi.
Shuningdek, ko‘rilgan masalalar yuzasidan qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.




