MAS’ULLARGA TOPSHIRIQLAR BERILDI
Bugun viloyat hokimligining videoselektor tarzidagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda shahar hokimi Gavhar Alimova, hokim o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari shahar hokimligidan ishtirok etdilar.
Shahar hokimi yig‘ilish kun tartibida ko‘rilgan obodonlashtirish boshqarmalarining faoliyati, xizmat ko‘rsatish samaradorligi hamda oilalarni mustahkamlash va oilaviy ajrimlarni oldini olish borasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan shahar mas’ul rahbarlarining axborotini tingladi.
Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, shahar mahallalari va tashkilotlarda, ko’p qavatli uylar atrofida obodonlashtirish ishlari ahvoli yuzasidan muhokama qilinib, ishlarni to'g'ri tashkil etish va mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.