MAS’ULLARGA TOPSHIRIQLAR BERILDI
Bugun viloyat hokimligining videoselektor tarzidagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda shahar hokimi Gavhar Alimova, hokim o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari shahar hokimligidan ishtirok etdilar.
Shahar hokimi yig‘ilish kun tartibida ko‘rilgan ijtimoiy ko‘chalarni tashkil etish, jinoyatchilikni oldini olish, aholini tadbirkorlikka jalb qilish, asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar, ko‘p qavatli uy-joylarda kuz-qish maqsumiga tayyorgarligi yuzasidan shahar mas’ul rahbarlarining axborotini tingladi. Hududlardagi obodonlashtirish ishlari ahvoli muhokama qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, yig‘ilishda haftaning seshanba kunlari har bir rahbarning joylardagi ko‘makka muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirgan tashabbuslari ko‘rib chiqilishi belgilandi.