insurez
15-04-2025 17:39

MAS’ULLARGA TOPSHIRIQLAR BERILDI


Bugun shahar hokimligida Prezidentimizning 2010 yil 30 oktyabrdagi “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6098 sonli Farmoni ijrosini ta’minlash borasida Kattaqo‘rg‘on shahrida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. 

Mazkur yig‘ilishda Samarqand viloyat prokurorining o‘rinbosari D.Saidqulov, shahar hokimi G.Alimova, viloyat Soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari A.Valiev, viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i J.Mardonov hamda ishchi guruh a’zolari va mas’ul raxbarlar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda Kattaqo‘rg‘on shahrida yashirin iqtisodiyotni legallashtirish va soliqlarni muddatida to‘lanishini ta’minlash borasida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

 Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -