insurez
23-05-2025 16:32

MAS’ULLARGA TOPSHIRIQLAR BERILDI


Shahar IIB boshlig‘i G‘.Islomov tomonidan Ingichka qo‘rg‘onchasidagi Abdulla Qaxxor mahallasida shaxsiy qabul va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi. Qabul davomida fuqarolardan tushgan murojaatlarning 2 tasi joyida hal etildi, 4 tasi tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi. Mahalladagi probatsiya hisobida turadigan fuqarolar bilan ham profilaktik suhbat o‘tkazildi. 

Shuningdek, shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i hududdagi Islom Shoir, “Nurobod” va Kattaqo‘rg‘on mahallalari yettiligi bilan ham uchrashdi. Uchrashuv davomida mahallalarda kelgusida jinoyat va xuquqbuzarliklarni oldini olish borasida profilaktik ishlarni kuchaytirish to‘g‘risida kerakli topshiriqlar berildi. 

Teglar
- -