MAS’ULLARGA TEGISHLI TOPSHIRIQLAR BERILDI
Bugun viloyat hokimligining videoselektor tarzidagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda shahar hokimi Gavhar Alimova, hokim o‘rinbosarlari, tegishli korhona-tashkilot rahbarlari shahar hokimligidan ishtirok etdilar.
Shahar hokimi yig‘ilish kun tartibida ko‘rilgan “Navro‘z” umumxalq bayrami tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish, obodonlashtirish bo‘limlari faoliyati, bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlaridan samarali foydalanish, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi, Mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi vazifalar yuzasidan shahar mas’ullarining axborotini tingladi.
Shuningdek, ko‘rilgan masalalar yuzasidan qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.