insurez
10-12-2024 10:16

MAS’ULLARGA TEGISHLI TOPSHIRIQLAR BERILDI


Bugun viloyat hokimligining videoselektor tarzidagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi hamda tegishli tashkilot va korxonalar mas’ullari 1- sektordan ishtirok etdilar.
Bugun, 10- dekabr - Davlat madhiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan yig‘iish davlatimiz madhiyasi  bilan boshlandi.

Kun tartibidagi dastlabki masala O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining “2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholini uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF 70-son Farmonning ijrosiga bag‘ishladi.
Shuningdek, yig‘ilishda investitsiya va eksport, kuz-qishga tayyorgarlik, migrantlar bilan ishlash, ichimlik suvi va chiqindi bo‘yicha debitor qarzdorlik, maktablarning qurilish va boshqa masalalar muhokama qilindi va bu borada mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -