MASʼULLARGA KO‘RSATMALAR BERILDI
Kattaqo‘rg‘on shahar prokurori I.Nuriddinov hamda shahar IIB boshlig‘i G‘.Islomovlar tomonidan Prezidentimizning joriy yil 3 yanvardagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi bo‘yicha shahardagi “G‘arb machit” mahallasida o‘rganish o‘tkazildi.
Unda “mahalla yettiligi” aʼzolarining kunlik amalga oshirayotgan ishlari, ”yo‘l xaritalar”i ijrosi, shuningdek, mahallada sodir etilgan jinoyatlar muhokama etildi.
O‘rganish davomida probatsiya nazoratidagi shaxslar va notinch oilalar bilan uchrashilib, jinoyatlarning oldini olishda “mahalla yettiligi” har bir vakilining aniq masʼuliyatini oshirish bo‘yicha masʼullarga ko‘rsatmalar berildi.