insurez
16-12-2024 19:59

Masʼullar ijtimoiy soha obyektlaridagi isitish tizimi holatini o'rganmoqda


Bugun shahar hokimining birinchi oʻrinbosari I.Mamatov va masʼullar shahardagi ijtimoiy soha obyektlarning qish mavsumiga tayyorgarligi, ulardagi isitish tizimi holati bilan tanishish maqsadida shahardagi taʼlim muassasalari va talabalar turar joylarida bo'lib, o'rganish ishlari olib borishdi.

Masʼullar mavsumni betalafot o'tkazish borasida qilingan ishlar holati bilan tanishib, yoshlarning issiq xonalarda sifatli ta'lim olishlarini ta'minlash yuzasidan mutasaddilarga kerakli topshiriq va vazifalar berishdi.

Shuningdek, masʼullar shahar elektr va gaz taʼminot boʻlimlarida boʻlib, ijtimoiy soha obyektlarini hamda aholini muayyan energiya resurslari bilan taʼminlash borasidagi ishlarni oʻrganishdi.

Eslatib o'tamiz, ayni vaqtda shaharda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini qish mavsumida ichimlik suvi, gaz, elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash uchun 24 soat shtab faoliyat yuritmoqda.

Teglar
- -