insurez
04-12-2024 18:03

MAS’UL RAHBARLARGA TOPSHIRIQLAR BERILDI


Shahar hokimligida o‘tkazilgan muhokama yig‘ilishida shahar hokimi Gavhar Alimova, sektor rahbarlari, tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari, mahallalar yettiligi ishtirok etishdi.

Mazkur yig‘ilish davomida, shaharda soliq tushumlarining ko‘rsatkichlari, soliq manbalari va aholida soliq to‘lovi madaniyatini shakllantirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda yettilik faoliyati yuzasidan muhokama o‘tkazildi.

Shuningdek, mahallalar kesimida kichik va o‘rta biznes korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, aholining yer va mulk soliqlari qarzdorliklarini undirish orqali  mahallalar daromadlarini yanada oshirish hamda mutasaddilar tomonidan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” loyihasi bo‘yicha chora-tadbirlarni muddatida amalga oshirish borasida hamkorlikda ishlarni tashkil etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -