MAS’UL RAHBARLARGA TOPSHIRIQLAR BERILDI
Bugun shahar hokimligida o‘tkazilgan muhokama yig‘ilishida shahar hokimi Gavhar Alimova, shahar Soliq inspeksiyasi boshlig'i Farrux G'aniev, hokim o‘rinbosarlari va tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida viloyat hokimi ishchi guruhi tomonidan joylardagi o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni 1 hafta muddatda bartaraf qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, mas’ullarga sohalar kesimida tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, mahallalar kesimida kichik va o‘rta biznes korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan tasdiqlangan reja asosida muhokamalar o‘tkazilishi belgilandi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.