insurez
31-10-2025 17:39

MAROMIYLIK MADANIYATI TARG‘IB QILINDI


Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi “Umumiy ovqatlanish korxonalarida hosil boʻladigan oziq-ovqat chiqindilaridan samarali foydalanish va ularning atrof-muhitga salbiy taʼsirini kamaytirish hamda ortiqcha isrofgarchiliklarning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 589-son qarori yuzasidan aholiga targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishni kuchaytirish bo‘yicha QO‘SHMA CHORA-TADBIRLAR DASTURI doirasida mahalla xotin-qizlar faollari bilan uchrashuv boʼlib o'tdi.

Unda voliyat hokimi o'rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i Z.Saidova hamda shahar hokimi oʼrinbosari, oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i  Sh.Kuchkarovalar ishtirok etdi. 
Tadbir davomida so'zga chiqqan viloyat hokimi o'rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i Z.Saidova to‘y va boshqa marosimlarda ortiqcha dabdaba va isrofgarchilikka chek qo‘yish, soddalik va ixchamlikni targ‘ib etish zarurligi yuzasidan xotin-qizlar faollariga tegishli topshiriqlar berdi.

Teglar
- -