Ma’rifat soati – bilim va iqtidorlar maydoni
Kattaqoʻrgʻon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 25-09-guruh talabalari navbatdagi Ma’rifat darsi mashg‘ulotida ishtirok etdilar.
Ma’rifat darslari – bu nafaqat nazariy bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni, balki talabalar qobiliyatini rivojlantirish, ularning iqtidorini namoyon etish uchun muhim maydon hisoblanadi. Ushbu darslar orqali talabalarga o‘z ijodiy g‘oyalari, mustaqil fikrlash madaniyati hamda turli sohalardagi mahoratini ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.
Mazkur jarayon talabalarning shaxsiy rivojlanishi, dunyoqarashini kengaytirish va kelgusida kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishishiga xizmat qiladi.




