MAQSAD — TALABALAR BO'SH VAQTINI SAMARALI NAZORAT QILISH HAMDA KO'MAKLASHISH
Bo'sh vaqt... Agar u nazoratsiz qoldirilsa yoki loqaydlik qilinsa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Agar bo'sh vaqtdan unumli foydalanish to'g'ri tashkil qilinsa va sportga, ilm olishga, ma'naviyatimiz, o'zligimizga zid bo'lmagan ko'ngilochar tadbirlarga yo'naltirilsa ijobiy natijalarga erishish mumkin. "Dolzarb 90 kun"dan maqsad ham shu... SamDU Kattaqo'rg'on filiali direktori Sherzod Urakov rahbarligida o'tkazilgan navbatdagi yig'ilishda ushbu masalalarga alohida e'tibor qaratildi. Talabalarning yozgi ta'til kunlarini samarali tashkil qilish, belgilangan chora-tadbirlar ijrosini qat'iy ta'minlash bo'yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.