insurez
17-09-2025 18:55

MAQSAD-AHOLIGA QULAYLIK YARATISH


Shahar hokimi Gavhar Alimova tegishli mas’ullar bilan birgalikda shahrimizning Zarafshon mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish- ta’mirlash ishlarini borishini o‘rgandi. 

Hozirgi kunda shahrimizning Buxoro hamda Qoradaryo ko‘chalarida “Tashabbusli byudjet” loyihasi asosida ajratilgan 1,5 mlrd so‘m mablag‘ hisobida piyodalar va velo yo‘lagi tashkil etish, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga qulaylik yaratish hamda qatnovni tartibga solish maqsadida ushbu ko‘chalar kesishmasidagi avtomobillar aylanma yo‘lini ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Shahar hokimi o‘rganish davomida hududdagi tadbirkorlar bilan suhbatlashdi hamda aholiga qulaylik yaratish maqsadidagi ushbu ishlarni sifatli va muddatida amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsamalarni berdi.

Shuningdek, shahar hokimi shahrimizning Alisher Navoiy nomli istirohat bog‘iga tashrif buyurib, bu yerda davlat xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdi.

Teglar
- -