insurez
20-08-2025 15:07

MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIR O'TKAZILDI


Shahar Madaniyat saroyida xotin-qizlar ishtirokida, ijtimoiy-maʼnaviy barqarorlikni taʼminlash, yoshlarni turli yot gʻoyalar taʼsiridan asrash maqsadida davra suhbati tashkil etildi. 

Unda shahar hokim oʻrinbosari, xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Sh.Kuchkorova, DIBQ Kattaqoʻrgʻon shahar bosh mutaxassisi B.Qodirov, hamkor tashkilot xodimlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

Davra suhbatida dunyoviy davlat tushunchasi, ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish, oilaviy ajrimlarni oldini olish, milliy qadriyatlarimizni asrash  borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -