insurez
01-02-2025 10:21

Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi sharoitlar o‘rganildi


Yurtimizda ta’lim sohasida ulkan imkoniyatlar yaratildi. Albatta, bu borada Kattaqo’rg’on shahrida ham tizimli ishlar amalga oshirildi. 

Shahar hokimi o‘rinbosari J.G‘aniev maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonlarining borishini o‘rgandi.
Dastlab, 23-maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘quv mashg‘ulotlarining borishi, pedagoglarning me’yoriy hujjatlari, oshxonaning sanitariya holati, ovqatlanish tartibi borasidagi ishlarni ko‘zdan kechirdi. Mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

Shuningdek, shahar hokimi o‘rinbosari Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi vakillari ishtirokida 19-maktabgacha ta’lim tashkilotida ham bo‘lib, muassasadagi tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, pedagoglarning malakasi, ta’lim samaradorligini oshirish borasidagi ishlar bilan tanishdi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -