Mahkumlarga kamida 3 ta kasb-hunar egallash imkoniyati yaratildi
Uchinchi mintaqaviy hudud 7-son tergov hibsxonasi xo'jalik turkumida qoldirilgan mahkumlarni kamida 3 ta kasb-hunar egallashini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Kuni kecha hibsxonada 2025 yilning 2-choragi yakuniga ko‘ra, “Hunarmand” uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasida ta’lim olgan bir guruh mahkumlarga hamkor tashkilotlar; Kattaqo'rg'on shahar hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i Shahlo Kuchkarova hamda shahar kengashi deputatlari bilan birgalikda mutaxassisliklari bo‘yicha "Sertifikat"lar tantanali ravishda topshirildi.