Mahallalarda xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha vazifalar belgilib olindi
Bugun viloyat hokimligida Davlatimiz rahbarining joriy yil 3 yanvarda qabul qilgan “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Ichki ishlar vaziri P.Bobojonov, Bosh vazir o‘rinbosari Z.Mahkamova hamda viloyat hokimi v.b. A.Boboev ishtirokida o‘tkazilgan mazkur videoselektor yig‘ilishida shahar hokimi G.Alimova, sektor rahbarlari, huquq-tartibot organlari va “mahalla yettiligi” vakillari qatnashdi.
Yig‘ilishdan so‘ng shahar hokimi hamda sektor rahbarlari tomonidan shahrimizda olib borilgan o‘rganish natijalari hamda kelgusida shahar mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish, bunda shahar IIB, mahalla yettiligi va boshqa mas’ullar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.