Mahallalarda xavfsiz muhit bo‘lishi lozim
Mahallalar tinch va osuda, huquqbuzarliklardan holi, sog‘lom ma’naviy muhit shakllangan bo‘lsa u yanada rivojlanadi. Bu borada Davlatimiz Rahbarining 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1- sonli Qarorida tegishli vazifalar belgilab berildi.
Shahar hokimligida mahalla yettiligi ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish ushbu masalaga bag‘ishlandi. Unda shahar sektor rahbarlari va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi vakili qatnashdi.
Yig‘ilishda huquqbuzarlikni sodir etishga sabab bo‘layotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni ijtimoiy profilaktika choralari tizimi orqali hal etish hamda aholida shaxsiy xavfsizlik hissini shakllantirish borasida samarali chora-tadbirlar amalga oshirish borasida so‘z yuritildi. Shuningdek, aholining huquqiy ongi va fuqarolik mas’uliyatini oshirish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.