MAHALLALARDA BAYRAM TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
Vatanimiz Mustaqilligining 34 yillik tantanalari yurtimiz bo‘lab keng nishonlanmoqda. Ushbu tadbirlar mahallalarda ham yuqori saviyada bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, “Do‘stlik” mahallasida tashkil qilingan bayram tadbirida mahalla faollari, nuroniylar ishtirok etdilar.
Tadbirga tashrif buyurgan shahar hokimi Gavhar Alimova yig‘ilganlarni eng ulug‘, eng aziz bayramimiz bilan muborakbod etdi. Kelgusida mahallada yanada ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilishi, aholini farovonlikda yashashi yo‘lidagi islohotlarda mahalla aholisining faol qatnashishini tiladi.
Shuningdek, tadbirda qatnashgan shahar prokurori Ismoil Nuriddinov ham mahalla ahlini Mustaqillik bayrami bilan qutladi.
Mahalladagi bunyodkorlik ishlari, aholini ijtimoiy qo‘llab- quvvatlash yo‘lidagi ishlarda munosib hissa qo‘shib kelayotgan tadbirkorlarga shahar hokimligining tashakkurnomasi va sovg‘alari topshirildi.