MAHALLALARDA BAYRAM SHUKUHI
Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan yurtimizda singari shahrimizda ham bayram tadbirlari boʻlib oʻtmoqda. “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostidagi tadbirlarda yurtimizning tinchligi va totuvligi, aholining farovonlikda yashashlari yoʻlida olib borilayotgan islohotlar, bunyodkorlar ishlari oʻz aksini topmoqda.
Shu maqsadda “Ko’hnadam” mahallasida tashkil qilingan bayram tadbirida shahar hokimi Gavhar Alimova, jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, nuroniylar faol ishtirok etdilar. Shahar hokimi yigʻilganlarni bayram bilan muborakbod etdi va bu kabi tadbirlar mahallada amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari ham mustaqilligimizning sharofati ekanligini taʼkidladi.
Shuningdek, tadbir davomida ushbu mahallani obod qilish, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashda munosib hissa qoʻshgan tadbirkorlarning xizmatlari eʼtirof etildi.