MAHALLALARDA BAYRAM SHUKUHI
Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab Mustaqilligimizing 34 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, san’atkorlar, olimlar, nuroniylar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbirlar shahrimizda ham uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.
Jumladan, bugun “Qo‘shhovuz” mahallasida dasturxon atrofida tashkil qilingan tadbirda mahalla faollari, nuroniylar ishtirok etdilar.
Tadbirga tashrif buyurgan shahar hokimi Gavhar Alimova barchani eng ulug‘, eng aziz bayramimiz Mustaqilligimizning 34 yilligi bilan muborakbod etdi. Mahallada amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik, aholi farovonligi yo‘lidagi ishlar haqida so‘z yuritar ekan, albatta bular yurtimizda barcha islohotlarning inson qadrini yuksaltirishga qaratilganligining natijasi ekanligini ta’kidladi.
Mahalla keksalari yurtimiz tinchligi va totuvligi, vatanimizning taraqqiy etishini tilab duoga qo‘l ochdilar.
Bu kabi tadbirlar mahallalarimizda davom etadi.