insurez
06-05-2025 14:45

MAHALLALAR OBODLIGI YO‘LIDA


Keyingi yillarda shahrimizda mahalla tizimida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ularning moddiy-texnik bazasi yaxshilandi. Bunyodkorlik ishlari bois mahallalarning qiyofasi tubdan o‘zgardi. 

Bugun shahar hokimining Amir Temur mahallasi faollari bilan bo‘lgan uchrashuvda bu borada ushbu mahallada amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z yuritildi.

Mahallaning aholi soni 6357 nafarni tashkil qiladi. Hududda bugungi kunda 1 ta maktab, 5 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti hamda 1 ta oliy taʼlim yaʼni, SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali faoliyat yuritadi. Mahallaning asosiy rivojlanish drayveri xizmat ko‘rsatish sohasi hisoblanadi. Mahallada aholi bandligini taʼminlash, ish o‘rinlari yaratish, xotin-qizlarni, yoshlarni qo‘llab - quvvatlash borasida tizimli ishlar tashkil qilingan.

Faollar, nuroniylar bu kabi ishlardan mamnun ekanliklarini bildirdilar va kelgusida mahallaning yana-da taraqqiy etishida kamarbasta bo‘lishlarini taʼkidladilar.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -