MAHALLA YOShLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali mas’ullari Amir Temur mahallasi yoshlari bilan uchrashdi.
Mahalla binosida tashkil qilingan uchrashuvda Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti dekani A.Sobirov, shahar bosh imom-xatibi A. Nazarov, mahalla vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olganlar yoshlarga oid davlat siyosati doirasida olib borilayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlar hamda bu borada shahrimizdagi mahalla yoshlari bilan amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldilar.
Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlarni qiziqishlaridan kelib chiqib, kasb-hunar o‘rganishlari, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari borasida tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.