insurez
08-05-2024 17:09

MAHALLA YETTILIGIGA TOPSHIRIQLAR BERILDI


Shahar teatrida sektor rahbarlari, hokim o’rinbosarlari va “mahalla yettiligi” ishtirokida yig’ilish o‘tkazildi. Yig’ilishni shahar hokimi Gavhar Alimova ochib berdi va shahrimizda Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 204- qarori ijrosi bo’yicha qilinayotgan ishlarga to’xtaldi.

Shuningdek, shahar prokurori, 2 sektor rahbari Ismoil Nuriddinov mazkur qarorning mazmun mohiyatini hamda mahalla yettiligi tomonidan aholi o‘rtasida energiya resurslaridan oqilona foydalanish, tejamkorlikni va to‘lov madaniyatini shakllantirish borasida targ‘ibot ishlarini olib borish yuzasidan tushunchalar berdi. 

Yig‘ilishda shahar Elektr va gaz ta’minot korxonalari raxbarlarining joylarda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborotlari eshitilib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -