insurez
03-06-2025 10:30

MAHALLA XALQ VA DAVLAT O'RTASIDAGI KO'PRIK


Inson mahallada ulg‘ayib, kamolga yetadi. Atrofdagilarga munosabati, qadriyatlarga hurmati, ilk tasavvur va ko‘nikmalari ham mahallada shakllanadi. Sharqona tarbiya maskani hisoblangan mahalla jondek aziz va muqaddas. Qadimdan yurtning obodligi mahalla obodligi bilan baholangan. Bugun yurtimizning qay bir go‘shasiga bormang, chiroy ochib, bunyodkorlikka yuz tutayotgan mahallalar qiyofasi ko‘rgan ko‘zni quvontiradi.

Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova “Zarafshon” va "Nurafshon" mahallasi faollari bilan uchrashuvda bu borada shahrimizda amalga oshirilgan ishlar xususida so‘z yuritdi. Xususan ushbu mahallalarda aholi farovonligi va turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan ishlardan bugun aholi mamnun ekanligini bildirdi. 

Shuningdek, shahar hokimi kelgusida mahallalarda bunyodkorlik ishlarini amalga oshirilishi haqida gapirdi va bunga mahalla ahlini faol ishtirok etishga chorladi.

 

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -