MAHALLA RAISLARINING MALAKASINI OSHIRISH BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI
Kattaqo‘rg‘on shahar mahalla raislarining malakasini oshirish bo‘yicha namunali o‘quv-seminari tashkil qilindi.
Unda shahar hokimi G.Alimova, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i I.Jabborov, shahrimizdagi mahallalar raislari va tegishli masʼullar ishtirok etdilar.
Seminarni shahar hokimi G.Alimova ochib berdi.
O‘quv seminar davomida ishtirokchilar masʼullarning mahalla faoliyatini takomillashtirish, bunda mahalla vakillarining vazifalari, hamkorlikda qilinadigan ishlar yuzasidan maʼruzalarini tingladilar.
Jumladan, mahalla yettiligi aʼzolari faoliyat samaradorligini oshirish, aholi bandligini taʼminlash, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, murojaatlarni ko‘rib chiqishda mahalla yettiligining majburiyatlari, mahallalarni oilaviy ajrimlardan holi hududga aylantirish, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ijtimoiy maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash borasida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
Seminar yakunida samarali faoliyat yuritgan mahalla raislariga tashakkurnomalar berildi.