Mahalla obod bo‘lsa, yurt obod bo‘ladi!
Bugun, Kattaqo‘rg‘on shahar "Yermachit" mahalla fuqarolar yig‘inida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" ko‘rik - tanlovining mahalla bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Samarqand viloyat boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari N.Mavlonov ishtirok etdi.
Mahalla binosidagi mazkur tanlov nuroniy otaxonlarning duolarii bilan boshlandi.
Shundan so‘ng mas’ullar mahalla oqsoqollari hamrohligida mahallalardagi xonadonlarga tashrif buyurishdi.
Tanlov shahrimiz mahallalarida davom etmoqda.




