"MADHIYA — VATAN OVOZI!"
SamDU Kattaqo'rg'on filialida 10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan "Madhiya — Vatan ovozi!" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Tadbir filialning Xorijiy tillar kafedrasi ustozlari hamda talabalar tomonidan tashkil qilindi.
Tadbir Madhiyamiz bilan boshlandi. Davlat ramzi, Vatan madhi yangraganda qalblarda g'urur jo'sh urdi. O'zbekistonimizning jahonda yuksalib borayotgani, Yaratganning nazari tushgan aziz tuproqda yashayotgan har bir tinglovchining ko'zlari baxtdan quvondi.
Tadbirni filial direktorining birinchi o'rinbosari Sh.Mustafayev tabrik so'zi bilan ochib berdi.
Kattaqo'rg'on shahar 02855-harbiy qism orkestri kuyladi. Ular tomonidan ko'rgazmali chiqishlar qilindi.
Ijodkor talabalarning davlat ramzlari, Vatanga bo'lgan sadoqat va mehr, insonparvarlikni madh etuvchi she'r va qo'shiqlari, ijro etgan raqslari barchaga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.