insurez
19-09-2024 16:33

Madaniyat xodimi o‘rnak bo‘lishi kerak


Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish, san’at va adabiyot sohalarini rivojlantirishga mamlakatimizda alohida e’tibor qaratilgan. Bu boradagi ishlarning natijasida shahrimizda ham madaniyat saroyi barpo etildi. 

Shahar hokimi Gavhar Alimova shahrimizdagi mazkur Madaniyat saroyida bo‘ldi va shart-sharoitlarni o‘rgandi. Shuningdek, muassasada faoliyat yuritayotgan Madaniyat bo‘limi hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasining faoliyatini o‘rgandi. O‘rganish davomida bo‘lim xodimlari bilan suhbatlashildi va kelgusidagi ustuvor vazifalar bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. 

Shahar hokimi Ma’naviyat bo‘limi bilan hamkorlikda ishlash hamda shahar aholisi uchun malakali xizmatlarni yo‘lga qo‘yish, to‘garaklarni jonlantirish, madaniyat xodimlarining kasb etikasi haqida so‘z yuritdi va bu borada ularni o‘rnak bo‘lishlari lozimligini ta’kidladi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati

Teglar
- -