insurez
16-04-2025 10:31

MADANIYAT VA SAN’AT XODIMLARI E’TIROF ETILDI


Madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan kattaqo‘rg‘onlik bir guruh soha xodimlarining xizmatlari e’tirof etildi.
Shahar hokimi Gavhar Alimova soha xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi. Keyingi yillarda madaniyat va san’at sohasiga e’tibor oshganligi, jumladan, madaniyat va san’at markazlarining moddiy-texnik bazasi yaxshilanib, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatashga alohida e’tibor qaratilganligi, ijod ahli bugun yurtimizda bo‘lib o‘tayotgan ko‘plab respublika va xalqaro miqyosdagi tadbirlarda faol ishtirok etayotganligini ta’kidladi.
Shundan so‘ng faol ijodkorlarga shahar hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘z navbatida madaniyat va san’at xodimlari ham kelgusida yangidan-yangi ijod namunalarini yaratib, yurtimizning, xalqimizning tadbirlarida munosib ishtirok etishlarini bildirdilar.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -