insurez
18-10-2025 09:36

Madaniyat saroyida “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni o'z sohibiga topshirildi.


Tadbirda shahar hokimi, “Nuroniy” jamg’armasi shahar bo’limi rahbari va mas’ullar ishtirok etishdi. 

Mukofotni topshirgan Gavhar Alimova  mukofotlanganlar Roziya Rashidova, Sabohat Negmatova va Noila Karayevalarni uzoq yillar davomida o‘zlarining samarali mehnatlari bilan shahrimizni ijtimoiy-iqtisodiy, ta’lim va boshqa sohalarni rivojlantirishga hissa qo‘shib kelganlarini ta’kidladi. 

Shuningdek, tadbirda 60 yil davomida oilasi bilan baxtli hayot kechirayotgan, ibratli oila sohibi Samandar ota Sattorovga Nuroniy jamg’armasi Respublika boshqaruvi tomonidan taqdim etilgan pul mukofoti topshirildi.

Shahar hokimi ta’kidlaganidek: Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos azaliy qadriyatlardan hisoblanadi. Keksalarimiz har bir sohada faoliyat  ko‘rsatib jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shib kelmoqdalar. 
Ularning duosi va faol ishtiroki barcha ishlarimizga ruh va kuch bag‘ishlaydi’’.

Teglar
- -