Kuzgi daraxt ekish ishlari qanday ketmoqda?
Bugun shahar hokimligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish ishlarini sifatli tashkil etish borasida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda shahar hokimi Gavhar Alimova, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari hamda tashkilot va muassasa rahbarlari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda “Yashil makon” loyihasi bo‘yicha kuzgi daraxt ekish tadbirlarining borishi holati muhokama qilinib, bu borada shahar hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari J.Axmedovning axboroti eshitildi.
Yig‘ilish davomida mutasaddi rahbarlarga o‘z hududlari hamda belgilangan maydonlarda kuzgi daraxt ko‘chatlarini ekishni sifatli tashkil etish, ajratilgan joylarda bog‘lar barpo qilish hamda daraxtlar ekilgan yerlarda tegishli agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, yig‘ilishda kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilinib, ijrosi yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.