KUZ-QISH SHTABI FAOLIYAT OLIB BORMOQDA
Shahar hokimligida tashkil qilingan kuz- qish shtabi aholi va ijtimoiy obyektlarni elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta’minlash, yuzaga keladigan muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha faoliyat olib bormoqda.
Bugun shahar hokimining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinvosari J. Axmedov tomonidan shtab a’zolariga aholining hududlardagi elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi ta’minoti hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlarini tezkorlik bilan hal etish choralarini ko‘rish bo’yicha tushuntirish va koʻrsatmalar berildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.