KORXONALAR FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH YO'LIDA
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan shahar sanoat shtabi a’zolari bilan birgalikda korxonalar faoliyati o‘rganilmoqda.
Ushbu o‘rganishlar doirasida bugun, shahar hokimi mas'ullar hamrohligida “Yermachit” mahallasi hududida joylashgan "KATTAQO‘RG‘ON PAXTAMASh" MChJ faoliyatini o'rgandi.
Mazkur korxona qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab-chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, bugungi kunda bu yerda 40 nafar ishchi-xodimlar faoliyat yuritmoqda. Hozirgi kunda korxonada paxta sanoati uchun kerakli bo‘lgan transporterlar ishlab-chiqarilib, buyurtmachilarga yetkazib berilmoqda.
Shuningdek, korxona faoliyatini rivojlantirish maqsadida mahsulotlar hajmini ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha ish olib borilmoqda.
O‘rganish davomida ishlab-chiqarish jarayonlari, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirilib, korxona hududida qo‘shimcha loyihalar tashkil qilish bo‘yicha fikr almashildi.




