#Korxonalar faoliyatini rivojlantirish yo'lida
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan shahar sanoat shtabi a’zolari va boshqa ma’sullar bilan birgalikda sanoat korxonalari faoliyati o‘rganilmoqda.
Ushbu o‘rganishlar yuzasidan shahar hokimi mas'ullar hamrohligida “Qo’shxovuz” mahallasi hududida joylashgan "BRONZEPEAK ENTERPRISES" MChJ faoliyati o'rgandi.
Mazkur korxona rangli metallarni qayta ishlashga ixtisoslashgan bo‘lib, bugungi kunda bu yerda 17 nafar ishchi xodimlar faoliyat yuritmoqda. Hozirgi kunda korxonada mis va alyumindan energetika sohasida kerakli ehtiyot qismlar ishlab-chiqarilib, mahsulotlar asosan ichki bozorda sotilmoqda.
Kelgusida korxona faoliyatini rivojlantirish maqsadida qo’shimcha uskunalar keltirib, yangi ish o’rinlari yaratish bo’yicha ish olib borilmoqda.
O‘rganish davomida ishlab-chiqarish jarayonlari, ishchilarga yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirilib, eksportni yo’lga qo’yish bo‘yicha fikr almashildi.




