insurez
10-10-2025 14:04

#Korxonalar faoliyatini rivojlantirish yo'lida


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan shahar sanoat shtabi a’zolari va boshqa ma’sullar bilan birgalikda sanoat korxonalari faoliyati o‘rganilmoqda. 

Bugun, ushbu o‘rganishlar yuzasidan shahar hokimi G.Alimova mas'ullar hamrohligida "ENERGO TEXNIKA" MChJ ga tashrif buyurdi. Mazkur korxona elektr dvigatellar, generator va transformatorlar ishlab-chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, bugungi kunda bu yerda 40 nafar ishchi xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda. Korxonada ishlab chiqarilgan elektr uskunalar asosan ichki bozorda sotilmoqda. Hozirgi vaqtda korxonada ishlab chiqarish ko’lamini kengaytirish  yuqori kuchlanishli tarmoqlarni loyihalash, qurish Ishlari yo’lga qo’yish rejalashtirilmoqda.

O‘rganish davomida korxonadagi ishlab-chiqarish jarayonlari, mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi va chetdan import qilinayotgan mahsulotlarni shu yerda ishlab chiqarish bo‘yicha fikr almashildi.

Teglar
- -