Korxonalar faoliyatini rivojlantirish yo'lida
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova shaharda faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari faoliyatini o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda.
Ushbu o‘rganishlar yuzasidan shahar hokimi G.Alimova mas'ullar hamrohligida “Qo’shxovuz” kichik sanoat zonasida joylashgan "BEST SMART CITY ELECTRONICS " MChJ ga tashrif buyurdi.
Mazkur korxona yog’ mahsulotlari ishlab-chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, bugungi kunda bu yerda 10 nafarga yaqin ishchi-xodimlar faoliyat yuritmoqda. Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar asosan ichki bozorda sotilmoqda.
Hozirgi vaqtda korxonada ishlab-chiqarish ko’lamini kengaytirish hamda xorijiy investorlarni jalb qilish orqali qo’shimcha ravishda elektro texnika mahsulotlari ishlab-chiqarishni yo’lga qo’yish bo’yicha ishlar olib borilmoqda.
O‘rganish davomida korxonadagi ishlab-chiqarish jarayonlari, mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirilib, amalga oshirilishi lozim bo’lgan masalalar bo’yicha tegishli vazifalar belgilandi.




