insurez
25-08-2025 16:58

Korxonalar faoliyatini rivojlantirish yo'lida


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan shahar sanoat shtabi a’zolari va boshqa ma’sullar bilan birgalikda sanoat korxonalari faoliyati o‘rganilmoqda.                                                                               

Ushbu o‘rganishlar yuzasidan shahar hokimi tomonidan mas'ullar hamrohligida shahrimizning “Yermachit” mahallasida joylashgan MChJ "TO`RON POLIPROPILEN GOLD" qo‘shma korxonasining faoliyati o'rganildi.

Mazkur korxona asosan polietilen qoplar ishlab-chiqarishga ixtisoslashgan bo’lib, bugungi kunda bu yerda 63 nafar ishchi xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda.
  
O‘rganish davomida korxonada amalga oshirilayotgan ishlab-chiqarish jarayonlari, mavjud texnologiyalar, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ishlab-chiqarish hajmini oshirish, eksportni kuchaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlar yetishtirish bo‘yicha fikr almashildi.

Teglar
- -